
Ko‘rdik, eshitdik, gapiramiz! “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi litsenziya talablarini buzgan yana bir xonandani litsenziyasini olib qo‘ydi. Bu haqda Qalampir nashrida xabar berildi.
Unga ko‘ra, xonanda Xadicha Qurbonova bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi, sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 30 noyabrdan tugatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasida ancha yillardan buyon Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Odilbek Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, Xadicha Qurbonova Odilbek Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” direktorligi kursisiga o‘tirgandan buyon litsenziyasi tugatilgan ilk xonanda bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar