12:18 / 03.01.2018
8 817

Saratonga chalingan aktrisa jonli efir chog’ida sevganiga turmushga chiqdi

Saratonga chalingan aktrisa jonli efir chog’ida sevganiga turmushga chiqdi
Gollivud aktrisasi va jurnalist Mariya Menunosga 2017 yilning kuz faslida miya saratoni tashxisini qo’yilgan edi. Aktrisa Yangi yil bayrami arafasida shahardagi Tayms-skver maydonida sevgan insoni, rejissyor va prodyuser Kevin Andergaroga turmushga chiqdi.

Xabarda aytilishicha, to’y marosimini Mariyaning o’zi olib borgan va o’zini eng baxtiyor kelinchak deb atagan. Kelin to’y marosimida esa hashamatli oq ko’ylakda namoyon bo’ldi.

Kelinchak sevgan insoni bilan 20 yildan buyon tanish. Turmush qurish fikri esa aktrisada saraton kasalligi alomatlari topilgandan keyin yanada qat’iylashdi. Qayd etish kerakki, Mariya yil so’ngida og’ir operatsiyani boshdan kechirgan va shifokorlar tomonidan kasallik qaytalanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Mariya kasalxonada davolanib, saraton bilan kurashgan paytlari Kevin uni bir daqiqaga bo’lsa-da yolg’iz qoldirgani yo’q.

Ming afsuski, saraton aktrisaga kelgan yagona g’ussa emas. Aktrisaning volidasi ham miya saratoni bilan kurashmoqda.
“Onam uchun yaxshi yangilik! Biz bugun Tayms-skverda turmush quryapmiz. Men eng sovqotadigan, biroq eng baxtli kelinchak bo’laman” deb yozadi Mariya Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o’tamiz, aktrisa Mariya Menunos turli seriallardagi rollari orqali tanilgan, 1996 yilda esa “Massachusets go’zali” tanlovi g’olibasiga aylangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saratonga chalingan aktrisa jonli efir chog’ida sevganiga turmushga chiqdi