
“Yulduzlar jangi: So’nggi jeday” blokbasteri mahalliy va halqaro ekranlarda yetakchilikni qo’ldan bor bermay kelmoqda.
Filmning yangi yil arafasidagi daromadi 1 milliard dollar ko’rsatkichiga yetdi.
Xabarda aytilishicha, Rayan Jonson filmining mazkur daromad ko’rsatkichi, 1,04 milliard dollarni tashkil etadi va uning yarmi Amerika kinoteatrlari orqali yig’ilgan. Ushbu natija esa bor-yo’g’i uch hafta muddat ichida qayd etildi.
Shu tariqa ushbu film AQSHdagi 2017 yilning eng kassabop filmiga aylandi. Halqaro miqyosda esa “Forsaj 8” hamda “Sohibjamol va Mahluq” filmlaridan keyingi uchinchi o’rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing