11:34 / 16.02.2018
19 854

"Ichkarida"gi Malak — Bensu Soral

"Ичкарида"ги Малак — Бенсу Сорал
“Ichkarida” nomli turk seriali ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olib ulgurdi. Shunday ekan serialda rol ijro etgan aktyorlarining hayoti ham ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Cerialning bosh qahramonlari bilan tanishtirgan edik. Bugun ham ushbu serialda rol ijro etgan boshqa aktyorlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bensu Soral — 1991 yil 26 mart kuni Bursa shahrida dunyoga kelgan. Boshqa aktrisalardan farqli o‘laroq u maktab va litseyni tamomlagach, texnika universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo qo‘shimcha daromad topish maqsadida o‘zini model sifatida sinab ko‘radi. Ammo bu sohada uzoq faoliyat yuritmadi. Aktrisa opasi Xande Soralning izidan ketib, kino olamiga kirib boradi. (Xande Soral tomoshabinlarga 2013 yilda suratga olingan “Choliqushi” serialidagi Azeli roli bilan yaxshi tanish).

Ilk omadi

Bensu Soralning ilk muvaffaqiyati ko‘p qismli “Vijdon” seriali bo‘lgan. U Keriman roli bilan tomoshabinlarning mehrini qozongandi. Bensu Soral turk kinomotografiyasining eng mashhur seriallaridan biri “Kosem Sultan” serialida u bosh qahramon — Kosemning 16-20 yoshlik davrini gavdalantirish kerak edi. Ammo aktrisaning o‘zi rolni rad etib “Yoqimtoy aldoqchilar” serialida suratga tusha boshlaydi. Aytish joyizki, aktrisa “Yoqimtoy aldoqchilar” detektiv-drama yo‘nalishidagi serialda o‘zining yangi qirralarini namoyish eta olgan.

Ayni kunlarda Bensu san’at sohasidagi malaka va bilimlarini oshirish uchun San’at uneversitetiga o‘qishga kirishga tayyorlanmoqda.

Shaxsiy hayoti
Bensu Soral shaxsiy hayoti haqida jurnalistlarga ko‘p ma’lumot bermaydi. Ammo Turkiya OAVi ma’lumlotlariga ko‘ra Bensu Turkiyaning yirik tadbirkorlardan biri Xakan Bash bilan ahdu-paymon qilgan. Hozircha to‘y haqida aniq ma’lumotlar yo‘q lekin ular birgalikdagi suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylab turishadi.
Aliya SULAYMANOVA tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Ichkarida"gi Malak — Bensu Soral