
Rejissyor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” deb nomlangan filmining premyerasi 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bir yildan ortiq vaqt davomida suratga olingan mazkur kartinada bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirovalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova, Behzod Hamroyev, Malika Jo‘rayeva singari mahoratli aktyor va aktrisalar jamoasi jamlangan.
Mikoyil Suleymanov ssenariysi asosida suratga olingan “Oppoq orzular” filmining premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur film Anvar Sobirovning kinodagi olti yillik tanaffusdan keyingi ilk filmidir. Anvar Sobirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga “Va nihoyat 378 kunlik mehnat nihoyasiga yetdi, bu mehnatga munosib baho berish siz aziz muxlislar hukmiga havola”, deya izoh qoldirgan.
“Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlarining ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Oppoq orzular” filmi “Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlari kabi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ladimi-yo‘qmi tez orada bunga o‘zimiz baho berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar