21:53 / 11.04.2018
4 149

Pardozdagi xatoliklar

Pardozdagi xatoliklar
Har bir ayol imkon qadar yosh va chiroyli ko‘rinishni istaydi, afsuski, vaqtning oldida barchamiz ojizmiz. Lekin necha yoshda bo‘lishdan tashqari qanday ko‘rinishda bo‘lishimiz o‘zimizga bog‘liq.

Keling, yoshimizga yosh qo‘shadigan pardozdagi xatoliklarni ko‘rib chiqsak. Ba’zida bo‘lsa ham xatolikka yo‘l qo‘yib turadigan Gollivud yulduzlari bizga yordam beradi.

Qoshlar
Qoshlar pardozida yengillik va tabiiylikka e’tibor qaratish zarur. Yosh qo‘shadigan ip kabi qoshlar kerak emas. Flomaster kabi bo‘yalgan qoshlar ham o‘rinsiz. Bu yerda oltin o‘rtalik zarur. Ya’ni yumshoq chiziq hamda tabiiy qalinlikni saqlab qoling. Pardozda, yaxshisi, hozirda urfga kirgan qoshlar uchun tenlardan foydalangan ma’qul.

Tush
Tush tanlashda kipriklarga hajm beradiganini tanlash kerak. Bunday tushlar nigohni ochiq, ko‘zlarni esa kattaroq ko‘rsatadi. Tushni bir qatlam surtgan
ma’qul, qalin surtish ko‘zlarni kichikroq ko‘rsatib, ortiqcha e’tibor tortadi. Bundan tashqari, pastki kipriklarga tush surtmang. Aks holda, ular ko‘z ostidagi shishlarni ko‘rsatib qo‘yadi.

Podvodka
Ko‘zlar ostiga chiziladigan qalin podvodkadan ham cheklaning. Bunday podvodka ham yoshga yosh qo‘shib, horg‘in ko‘rinish beradi. Qalin, grafik strelkalarning o‘rniga yengil rastushyovkalarni tanlagan ma’qul. Unutmang, pardozdagi barcha keskin chiziqlar faqat yoshingizga yosh qo‘shadi.

Tonal kremi
Yuzni xuddi niqob kiyib olganday qilib ko‘rsatadigan, to‘qimalarni yopib oladigan qalin teksturalardan voz kechgan ma’qul. Ayniqsa, siz quruq yuz terisi sohibasi bo‘lsangiz. Qalin surtilgan tonal kremi ajinlarni ko‘rsatib, notabiiylikni paydo qiladi. Yana tabiiy teringiz rangiga yaqin rang tanlashni ham unutmang, qoramtir tonal kremi yosh qo‘shadi.

Lab bo‘yog‘i
Hozirda urfda bo‘lsa-da, to‘q ranglar yoshni kattaroq ko‘rsatishini unutmaslik zarur. Lab bo‘yog‘ida ham keskin chiziqlardan qoching. Kontur qalamini ham lab bo‘yog‘i rangiga yaqinini tanlash zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Pardozdagi xatoliklar