16:32 / 28.11.2018
4 339

Yilning eng yaxshi filmi ma’lum qilindi

Yilning eng yaxshi filmi ma’lum qilindi
AQSh kinotanqidchilar milliy kengashi 2018 yilning eng yaxshi filmini e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Kengash versiyasiga ko‘ra, eng yaxshi kartinaga rejissyor Piter Farrellining «Yashil kitob» komediyali biografik dramasi aylandi. «Bu ajoyib do‘stlikka iliq va samimiy nigoh», - deya qayd etib o‘tdi kengash prezidenti Enni Shulxof.

Shuningdek, boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Yilning eng yaxshi rejissyoriga Bredli Kuper («Yulduz tug‘ildi» filmi) aylandi. Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen bo‘ldi («Yashil kitob»), eng yaxshi aktrisa - Ledi Gaga («Yulduz tug‘ildi»).

Taqdirlash marosimi 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yilning eng yaxshi filmi ma’lum qilindi