Yakuniga yetib borayotgan 2018 yil uchun turli toifalar boʻyicha eng yaxshilar va eng yomonlar tanlanishi davom etmoqda. Jumladan, Google ham 2018 yil uchun eng mashhur aktyorlar reytingini yangiladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Google reytingi birgina mezon: u yoki bu aktyorning qanchalik koʻp qidirilishiga koʻra tuzildi. Aynan shu sababli Google roʻyxatida eng kassabop filmlarda suratga tushgan emas, balki joriy yilda turli mojarolarga aralashgan aktyorlar koʻpchilikni tashkil qilmoqda.
Reytingning eng yuqori pogʻonasini Silvestr Stallone egallagan. Aktyorga qiziqishning qattaligi uning ishtirokidagi “Krid” filmining sikveli chiqishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, aktyor yil boshida jinsiy tegajogʻliklarda ayblangan, biroq keyinchalik undan bu ayblovlar olingan.
Mashhurlik boʻyicha 2-oʻrinni 22 yoshli amerikalik aktyor va bloger Logan Pol egallagan. 3-oʻringa Pit Devidson joylashtirilgan. Uning qoʻshiqchi Ariana Grande bilan unashtirilishi va keyinroq ajrashishi mashhurligini oshirib yuborgan.
Shuningdek, yetakchi oʻntalikdan Bill Kosbi, Noy Sentineo, Donald Glover, Ellison Mek, Gari Oldman, Sapna Chaudxari va Rozanna Barr joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi