Angliyalik qo‘shiqchi Ed Shiran 2018 yilning eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda “Turon24” nashri xabar berdi.
U chet davlatlardagi konsert dasturlari orqali jami 432,4 mln dollar daromadga ega bo‘lgan. Yil davomida 53 ta shaharda 94 ta konsert dasturini taqdim etgan.
Shirandan keyingi o‘rinda amerikalik xonanda Teylor Svift (345 mln dollar) joy olgan. Amerikalik repper Shon Kori Karter va xonanda Beyonse bir xil natija bilan (254,1 mln dollar) 3-o‘rinni egallagan.
Bundan tashqari, Aleysha Bet Mur, Bruno Mars, Jastin Timberleyk kabi qo‘shiqchilar ham muvaffaqiyatli gastrol safarlariga chiqqan xonanda sifatida qayd etilgan.
Ed Shiran (Edvard Kristofer Shiran) 1991 yili Buyuk Britaniyaning Galifaks shahrida tavallud topgan. 2016 yili “Thinking Out Loud” qo‘shig‘i uchun “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan. 2017 yilning boshida “Shape of You” albomi AQSh va Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan albomlar orasida 1-o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi