27 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Abduvohid G‘aniyevning "Elparvar" tarixiy filmi taqdimot marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmatidan Azizbek Qurbonov xabar berdi.
“Film 12-asrda ajdodlarimizning mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan voqealarni qamrab olgan. Uning bosh qahramoni – Muqbil, qabila oqsoqolining nabirasi, uning o‘tyurak o‘g‘li Bahodirning farzandi bo‘lib, ssenariy davomida qahramon ilmga tashna yosh o‘g‘londan yovga qarshi beomon kurashchi sifatida shakllanib, ham ma’nan, ham jismonan takomilga yetib borishi tasvirlangan”, deydi Azizbek Qurbonov.
Film ssenariysini Abdulla A’zamov va Yolqin To‘ychiyev yozgan. Filmda bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etdi. Bundan tashqari, filmda Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov singari aktyorlar suratga tushgan.
Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Kinomaniya” studiyasida suratga olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi