Kichik Vladimir Presnyakov hamda qo‘shiqchi va aktrisa Kristina Orbakaytening o‘g‘li, Alla Pugachyovaning nevarasi 27 yoshli musiqachi Nikita Presnyakov, o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislardan moddiy yordam so‘ragan, deya xabar beradi «Daryo» nashri.
Nikita muxlislarga «Multiverse» guruhining nafaqat yangi «To Stay» taronasiga klip suratga olish uchun yordam qilishni, balki hamkor prodyuser bo‘lib daromaddan foyda olishni ham taklif qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Presnyakovning guruhi ushbu tarona bilan Amerikaning Younk leybl-platformasi chartiga ham kirgan.
Endi haqiqiy professionallar bilan unga Los-Anjelesda video suratga olish uchun pul topish kerak. Presnyakov buni dunyoga tanilishning ajoyib imkoniyati deb sanamoqda.
Foto: Google Images
«Bizning trekni qo‘llab-quvvatlang va biz qo‘limizdan kelganini qilishga va’da beramiz! Bunday imkoniyat juda kam bo‘ladi va biz omadimizni sinab ko‘rmoqchimiz!», — deydi Presnyakov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi