Ommabop musiqa sohasida oʻtkaziladigan BraVo Xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik xonanda Shahzoda Filipp Kirkorovning shaxsan oʻzidan maxsus yutuqni qabul qilib oldi, deb xabar qildi Sputnik nashri.
Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov joʻgʻrofiyasi kengaygani munosabati bilan, taklif etilgan maxsus mehmon sifatida oʻzbek xonandasiga esdalik haykalchani taqdim etdi.
“Siz Oʻzbekistonning buyuk xonandasisiz”, — dedi Kirkorov, Shahzodaga mukofotni topshirar ekan.
Shahzoda oʻz navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday eʼtibordan gʻoyatda taʼsirlanganini aytdi. Artist barcha mehmonlarni 21 mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navroʻz bayrami bilan muborakbod etdi.
Kreml saroyida oʻtkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek chet ellik afsonalar - amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qilishdi.
BraVo tanlovi doirasida musifiy eskpertlar “Yil xonandasi”, “Yil musiqiy videosi” va “Yil taronasi” kabi turli nominatsiyalarda gʻoliblarni aniqlaydilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin