Marche du Film kinobozorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ochilgan milliy pavilonda Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI) prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ushbu nufuzli xalqaro assotsiatsiyaga a’zo bo‘ldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
AFCI prezidenti Jess Konoplia Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokatsiyalari jozibadorligi taqdim qilindi. Bundan tashqari assotsiatsiya bilan istiqbolli hamkorlik xam muhokama qilindi.
AFCIʼga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assotsiatsiya orqali O‘zbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi.
Bundan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar o‘z tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilinishadi.
Ma’lumot uchun, shtab kvartirasi AQShning Los Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI)ga dunyodagi 300 dan ortiq kinokomissiyalar a’zo bo‘lgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib AFCIʼga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hammuassisligida tashkil qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?