3 670
Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi
Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola oʻzining ushbu klipi borasida Instagramʻdagi sahifasi orqali izoh berdi.
"Soʻnggi video chiqqanidan soʻng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini oʻzgartirib, oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi boʻlishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yoʻq.
Men ijodkorman. Sanʼat bilan shugʻullanaman, sanʼat esa — hayotning koʻzgusi. Oʻz ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, baʼzida maishiy va bularning barchasini chin koʻngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto oʻylashga ham qoʻrqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan oʻzgarishlar davrida yashayapmiz.
Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qoʻl urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men Oʻzbekiston fuqarosiman, oʻz Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi koʻraman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga boʻlgan muhabbatim sabab!"
Avvalroq Xotin-qizlar qoʻmitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yoʻldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan “Sevgingni menga ayt” qoʻshigʻi klipi haqida “Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, maʼnaviyat soʻzini oʻyinchoq qilib qoʻygani – bu yigirma beshinchi kadr”, deya munosabat bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan