«O‘zbekkino» Milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek xalqining tarixiy siymolariga bag‘ishlangan filmlarni suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ulardan ahamoniylarga qarshi kurashgan cho‘pon Shiroq haqidagi serialdir.
Keyingi loyiha jadidchilik harakatining taniqli namoyandalaridan biri, yozuvchi va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida badiiy film yaratishdan iborat. Bu yil O‘zbekistonda Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yilligi keng nishonlanadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi filmni Samarqandda shu yilning oxirigacha suratga olish rejalashtirilgan.
Tomonlar Shiroq haqidagi teleseriallarni suratga olishda maslahatchi sifatida chet ellik rejissyorlarni taklif qilishga qaror qilishdi.
Navoiy viloyatida ham filmni suratga olish masalasi muhokama qilinmoqda. Ushbu viloyat hududida filmda Shiroqning dushmanlarni adashtirishiga mos keladigan sahrolar bor. Shu munosabat bilan «O‘zbekkino» va Samarqand viloyati hokimligi ushbu loyihada ishtirok etish uchun Navoiy viloyati hokimligi vakillarini taklif qilishmoqchi.
Shiroq haqidagi teleserialning ssenariysi Nazar Eshonqul taxallusi bilan tanilgan yozuvchi va kinodramaturg, 20 dan ortiq serial va badiiy filmlar ssenariysini yozgan Nazar Xoliqulovga tegishli.
«O‘zbekkino» rahbariyati yuqoridagi filmlarning rejissyorlarini tanlov asosida tanlab olishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi