«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)

1 daqiqa o'qish12.8K
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Turkiyaning eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri «Muhtasham yuz yil»da suratga tushgan aksariyat aktrisalar allaqachon turmush qurgan, biroq haligacha o‘z baxtini uchratmaganlari ham yo‘q emas.

Filiz Axmet (Nigor xalfa)
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Serialda aqlli, ayyor va jozibali saroy xalfasi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Filiz Axmet, hayotda ham latofati va chiroyi bilan kishilarni hayratga soladi. Ammo aktrisa hali o‘z baxtini uchratganicha yo‘q.

Jansu Dere (Firuza)
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Jansu Dere «Muhtasham yuz yil»da sal qolsa Xurram sultonning baxtini yarim qiladigan ayol rolini gavdalantirgan. Yosh bo‘lishiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan Jansuning kunlari aktrisalik va modellik faoliyati bilan band.

Maryam Uzerli (Xurram sulton)
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Qoyilmaqom ijrosi, latofati va o‘zini tutishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan Maryam hali turmush qurmagan. U ma’lum muddat turkiyalik tadbirkor Jan Atesh bilan uchrashib yurgan, ular hatto unashtirilgan ham edi. Biroq uzoq kutilgan to‘y bo‘lmadi. Maryam Jan Ateshdan ko‘rgan qiz farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab kelmoqda.

Deniz Chakir (Shox sulton)
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Serialda sovuqqon roli va nigohlari bilan esda qolgan, sulton Sulaymonning singlisi Shox sulton rolini ijro qilgan Deniz ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan. Forbes jurnalida Turkiyaning eng go‘zal aktrisalaridan biri, Turkiyaning Boxer jurnalida bo‘lsa, eng muvaffaqiyatli 20 turk aktrisalari reytingidan o‘rin olgan Deniz, katta va ahil oilasi bo‘lishini orzu qiladi.

Pinar Chaglar Genchturk (Beyxon sulton)
«Muhtasham yuz yil» serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» da sulton Sulaymonning singlisi rolini ijro qilgan aktrisa suratga olish jarayonida tashqi ko‘rinishi u qadar e’tiborni tortmas edi. Oradan 9 yil o‘tib qiyofasi o‘zgargan va jozibaliroq ko‘rina boshlagan Pinar ham hali oila qurib ulgurmagan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?