20:16 / 13.08.2020
7 113

«Yigitlardan ko‘nglim qolgan». Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi

«Yigitlardan ko‘nglim qolgan». Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Muxlislaridan biri Munisadan «Menga turmushga chiqasizmi?» deb so‘radi.

«Hech kim turmushga chiqqim kelmayapti, hech narsa qilgim kelmayapti. Shunaqa mening ko‘nglim qolib ketgan bolalardan. Hozirgi bolalar faqat ‘kar-kar’ qilishni biladi, qo‘lidan boshqa ish kelmaydi. So‘zining ustida turmaydi. Balki hamma bolalar unaqa emasdir. Men unaqalarini hali uchratmadim. Har kuni sevgi izhor qilishadi, gapirishadi. Shu bilan kunim o‘tib ketadi. Qulog‘imdagi lag‘monlarni olib tashlayverib, charchab ketaman», — deydi 34 yoshli xonanda.

Yana bir muxlisi undan «Qachon sizni oq ko‘ylakda ko‘ramiz?», deb so‘radi. Munisa ushbu savolga «Keyingi hayotimizda» deb javob berdi.

Foto: Instagram / @munisarizayeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Yigitlardan ko‘nglim qolgan». Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi