Foto: O‘zbekkino
Kuni kecha «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi.
Premera davomida«O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan film rejissyori va ijodiy guruhga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yolqin To‘ychiyevning ushbu «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» badiiy filmi «Moskva premerasi» xalqaro festivalida Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan, «Oltin globus» sovrinining «Eng yaxshi xorijiy film» nominatsiyasiga hamda nufuzli Oskar-2020 sovrini uchun tavsiya etilgan.
Filmda o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealar, Chor Rossiyasining qulash davri, sovetlarning mintaqani egallashga urinishi, shuningdek bosmachilik harakatlari avj olgan davrda asli buxorolik Komil dodho va uning oilasi taqdiri haqda so‘z boradi.
Filmda Bahrom Matchonov, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiquliyeva, Egamberdi Rahimov o‘ziga xos rollarni ijro etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi