10:00 / 22.06.2021
3 930

Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi


Foto: Prezident matbuot xizmati
«Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5151-son, 19.06.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1968–1997 yillarda O‘zbekistonda o‘tkazib kelingan «Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali» «Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanib, 2021 yildan har yili sentabr–oktabr oylarida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilda 28 sentabr – 3 oktabr kunlari «Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat» shiori ostida o‘tkaziladi.

G‘oyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o‘ringa ega filmlarning ijodkorlari diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSH dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g‘oliblari diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
 1-o‘rin uchun – 15 ming AQSH dollari;
 2-o‘rin uchun – 10 ming AQSH dollari;
 3-o‘rin uchun – 7 ming AQSH dollari.

Qaror bilan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berilib, uning negizida «Kinochilar uyi» tashkil qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi