00:20 / 18.08.2021
2 985

U butun umrga o‘zini ta’minlab qo‘ygan: Billi Aylish qancha pul topadi?

U butun umrga o‘zini ta’minlab qo‘ygan: Billi Aylish qancha pul topadi?
Foto: PeopleTalk
Xonanda Billi Aylish Avril Lavinning jasorati va Lana Del Reyning muloyim ovozini mohirona birlashtirib, tezlik bilan mashhurlikka erishdi. Natijada u boshqalarga o‘xshamay qoldi va 19 yoshida sahnani bemalol tark etib, umrining oxirigacha ishlamay yashasa ham bo‘ladi.

Aylish 14 yoshida Ocean Eas debyut taronasini yozgan va bir yildan so‘ng eng yirik musiqa kompaniyasi Apple Music qo‘shiqchi bilan shartnoma tuzishni taklif qilgan. 16 yoshida Billi o‘zining birinchi to‘liq formatli albomini chiqardi va gastrol safarlari uyushtirgan. 2018 yilda Billi Next Management bilan shartnoma imzoladi, unga ko‘ra u go‘zallik va moda sohasidagi turli reklama kompaniyalarining yuziga aylandi. Celebrity Net Worth ma’lumotlariga ko‘ra, Billi Aylish 20 yoshga to‘lgunga qadar uning boyligi 30 million dollarga yetgan.

Misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga qaramay, Aylish uchun musiqa daromadining ma’lum bir qismini tashkil qiladi. Uning boshqa loyihalari ham ancha daromadli. Masalan, ijrochining o‘z kiyim biznesi bor va u Adobe Creative Cloud, Freaky City hamda Calvin Klein bilan ham hamkorlik qilgan. Apple kompaniyasining yangi MusicLab ilovasini muvaffaqiyatli targ‘ib qilishdan so‘ng, korporatsiya Aylishga uning hayoti haqidagi hujjatli film uchun 25 million dollar to‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat