21:07 / 23.09.2021
2 052

Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi

Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi
Bugun O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi tomonidan «O‘zbekfilm» kinokonsernida tashkil etilgan «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumanida festivalda 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etilishi aytib o‘tildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduholikov tomonidan ochib berildi. So‘zga chiqqanlar festivalda kutilayotgan yangiliklar, festival doirasida tashkil etilishi kutilayotgan tanlovlar, yangi tashkil etilayotgan kinomanzillar va taniqli yulduzlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Matbuot anjumani davomida kinofestival ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Kinofestivalga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» ijodiy tanloviga start berilganligi, xorijlik taniqli kinoijodkorlarning tashrifi, yangicha ko‘rinishda ta’mirlangan «O‘zbekfilm» kinokonserni va boshqa lokatsiyalar ochiqlandi.

Matbuot anjumani davomida xorijlik mutaxassislar ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi. Unda qozog‘istonlik prodyuser Qo‘nan Adilbayev, italiyalik vakil Olga Strada, ozarbayjonlik kinorejissyor Rufat Gasanov, rossiyalik rejissyor va prodyuserlar Djanik Fayziyev, Timur Bekmambetov, qozog‘istonlik teatr va kinoaktyori Azamat Satibaldi va boshqalar ishtirok etishdi. Shuningdek, ZOOM platformasi orqali taniqli xorijlik ijodkorlarning tabriklari ko‘rsatildi.

Anjuman davomida OAV vakillari kinofestival bilan bog‘liq savollariga tashkilotchilar tomonidan javob olishdi.
Ma’lumot uchun, «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentabr 3 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi