14:13 / 15.02.2022
3 486

Aziz Rametov uylanmoqda: Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi

Aziz Rametov uylanmoqda: Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi
Xonanda Imronning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurgan aktyor Aziz Rametov «Daryo» muxbirlarining nikoh to‘yi bilan bog‘liq savollariga javob berdi.

«Nasib qilsa, to‘y 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu yil iqtisodiyot bo‘yicha tahsil olishni reja qildim. Shu bois, to‘yimni ham ixcham va kamxarj o‘tkazishni istadim. Shuncha yil ota-onamni qiynadim, hech bo‘lmasa ularni to‘y tashvishlari bilan qiynamoqchi emasman. Ko‘p emas, 200 kishilik to‘y qilmoqchimiz. Bu taklifim onamga ham ma’qul keldi», — deydi Aziz Rametov.

Saida Rametova esa kelini san’at vakili bo‘lmasa-da, ijodkor ekanini ta’kidlaydi.

«Katta kelinim dizayner-tikuvchi. Katta kelinimdan hamisha xursandman. U oilamiz a’zosi bo‘lganiga 19 yil bo‘ldi, qo‘li gul chevar kelinim bor. Qarangki, bo‘lajak kenja kelinim ham shunga yaqin sohada. Allohga shukr, Azizjonning peshonasi yarqirarkan. Oxirigacha ular baxtli bo‘lishini tilayman. Kenja kelinim ham dizayner. Liboslar yaratishdan tashqari, bejirim sharflar tikadi. U «Nastarin» nomi ostida liboslar yaratadi. Ko‘pchilik san’atkorlarga zebigardonlar ham yasab bergan. Men o‘zim ham zebigardonlarni yaxshi ko‘rganim uchun «Menga ham yasab bering, qizim» deb iltimos qilgandim. Ammo u paytda u qizni kelin qilish haqida o‘ylab ko‘rmagandim.

Uning ishi shunchalik nafiski, har bir toshini did bilan tergan. Bu ham iste’dod, Alloh unga shunday iqtidorni berganidan juda quvonaman. Taqdir ekan, yoshlar bir-biriga ma’qul bo‘lib, to‘yni boshlab yubordik. Peshonada nima yozilgan bo‘lsa shu bo‘ladi. Shu kungacha Azizni «Nega uylanmaysan, to‘yni qachon qilamiz?» — deb qiynab yuborgandik. Taqdirda yozilgani bo‘ladi, deyishganidek, kutilmaganda Azizbek o‘ziga munosib yorni topdi va to‘y kunini ham tezlashtirib yubordik. Hammaning farzandi baxtli bo‘lsin. Shu qatori Azizjonga ham baxt tilayman. Uning farzandlarini ko‘rish hammamizga nasib etsin
», — deydi aktrisa.

Saida Rametova oila mustahkamligi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar haqida ham gapirib o‘tdi.

«Har bir oilada loyqalanib tinishlar bo‘ladi. Oila arzimas sabab bilan buzilib ketishi kerak emas. Sabr qilish va mashaqqatli yo‘lni hamjihatlikda bosib o‘tish kerak. Hech bir bola tirik yetim bo‘lib qolmasin. Turmushga chiqqanimga 40 yil bo‘ldi, kamchiliklar bizda ham bo‘lgan. Ammo qarindosh-urug‘ va mahalla-ko‘y bilan hamisha yaxshi bo‘lishga harakat qilganman. Odamlar san’atkordan ibrat oladi. Shu bois, san’atkor hayotidagi oilaviy nizolar ham muxlislar uchun o‘rnak bo‘lib qolmasligi kerak», — deydi aktrisa.

Eslatib o‘tamiz, aktyor, rejissyor va xonanda Aziz Rametov 1988 yilning 10 iyulida tavallud topgan. U shu kungacha «Shabnam», «O‘tov», «Yo‘l bo‘lsin» kabi filmlarda rang-barang rollarni ijro etgan. Rejissyorligida suratga olingan «Arslon izi» filmi ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziz Rametov uylanmoqda: Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi