16:43 / 22.02.2022
2 836

Nigina Anorboyeva seriallardagi «xola-xola» o‘yini darajasidagi sayozlik va nojo‘ya takliflar haqida

Nigina Anorboyeva seriallardagi «xola-xola» o‘yini darajasidagi sayozlik va nojo‘ya takliflar haqida
Aktrisa Nigina Anorboyeva bugungi kunda suratga olinayotgan seriallarda ko‘rinmayotgani sababiga kiritdi. Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV’ga bergan intervyusida gapirib berdi.

- "Mana 2021 yilda men suratga tushgan ikkita kinofilm premerasi bo‘lib o‘tdi. Bu Hasan Alijonov rejissyorlik qilgan «Hayot afsunlari» va Rashid Malikovning «Tutqunlik» filmlari. Bu ikkisi ham davlat filmlari.

Seriallarda oldingi yillar suratga tushayotgan edim. Ayniqsa karantin vaqtida ko‘pchilik ishsiz bo‘lib, seriallar o‘sha payt ko‘payib ketdi. Har hafta qo‘ng‘iroq qilib seriallarga taklif qilishdi. Shunchalik taklif qilishganiga, rahmat, lekin o‘qisangiz ssenariysi g‘alati, hammasi deyarli bir xil. Keyin qanday suratga olishlarini ham bilaman, masalan, hozir men intervyu berayotgan studiyada uchta kamera ishlayapti, chiroqlar qo‘yilgan.

Lekin seriallarimizda ikkita, ba’zan bitta kamera ishlaydi. Chiroq masalasida ham hozirgi seriallarda bitta umumiy chiroq qo‘yilyapti, aslida esa har bir kadrga alohida chiroq qo‘yilishi kerak. Men ham tushunaman, serial o‘z nomi bilan serial, uni qiladigan ishi yo‘q odam ko‘rib o‘tiradi. Boshqa tomondan Rossiyadagi seriallarda ham sifat hozir shu ahvol. Shunaqa seriallarda suratga tushaverish mening ham jonimga tegdi, hammasiga rad javobini beraverdim.

Kiyim masalasida ham ular kiyim olib bergisi kelmaydi, ha deb o‘zingni kiyimlariningdan foydalanaverishing ham to‘g‘ri kelmaydi. «Keyinchalik kiyim olib beramiz», deganlar ham bo‘ldi, gonorar ham gaplashasiz, shunda ham taklif qilishdi rahmat. Har xil narsalarda ko‘p ko‘ringandan ko‘ra, og‘ir va vazminroq narsalarda kamroq ko‘ringan yaxshi deb o‘ylayman.

Bu mening kasbim. Boshqalar esa bunga xuddi o‘yinchoqdek qaraydi. Nima desam bo‘ladi, xuddi bir «xola-xola» o‘yiniga qaragandek. Bu menga yoqmaydi, bu meni g‘ashimga tegadi. Shuncha san’atkorlar bor, ular to‘rt yil o‘qishgan, kontrakt to‘laganlar ham bor. Ular nima qilishsin? Borib boshqa sohani egasi bo‘lishadi, ularni ichida iqtidori, husni, fakturasi ham bor. Lekin rejissyorlar ularni o‘ynatishdan ko‘ra, o‘zlariga osonroq variantni o‘ynatishni ma’qul ko‘rishadi.

Hamma narsa budjetga, pulga va boshqa sabablarga taqaladi. Lekin fakt bu fakt. Aktyor va aktrisa shu kasbni egasi bo‘ldimi, ular ishlashi kerak, ularga ishlashga imkoniyat berish kerak
", - deydi aktrisa Nigina Anorboyeva.

Aktrisa Nigina Anorboyeva aktrisalarga bo‘layotgan nojo‘ya takliflar haqidagi gap-so‘zlarga quyidagicha munosabat bildirdi.

- "Menda bunday narsa uchramagan, atrofimdagilarda ham uchraganmi yo‘qmi bilmayman. O‘zi men unchalik ham atrofga qaramayman. Faqat to‘g‘ri yo‘nalishga qarayman. Hattoki bir-ikkita ko‘zga ko‘ringan aktrisalar ham chiqib, shu narsani gapirishadi, menga ham ba’zida bu erish tuyiladi. Menda bunday narsa bo‘lmagan, balki ko‘zga ko‘rinadigan darajada ko‘zga yaqin emasdirman. Bu odamning o‘ziga bog‘liq bo‘lsa kerak, balki shunaqa rejissyorlar bilan ishlamagandirman", - deydi aktrisa Nigina Anorboyeva.

Ma’lumot uchun, Nigina Anorboyeva 1989 yil, 3 may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Bugungi kunda O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuriyadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nigina Anorboyeva seriallardagi «xola-xola» o‘yini darajasidagi sayozlik va nojo‘ya takliflar haqida