Foto: Hurriyet
Mashhur aktrisa Demet O‘zdemir va musiqachi O‘guzxan Kochning to‘yi Turkiyada eng kutilgan voqealardan biriga aylandi. Juftlikning ko‘plab muxlislari buni «yil to‘yi» deb atamoqda.
Kiprda yakkaxon konsertini taqdim etgan O‘guzxan jurnalistlarning so‘rovlariga javob berar ekan to‘yi haqida ham ma’lumot berib o‘tdi:
«Demet bilan to‘yimizni Istanbul va Cheshme orasida qatnovchi kemada nishonlashimiz haqidagi xabarga duch keldim. Bu haqda gazetalardan o‘qidim, albatta, bular haqiqat emas. Hozircha rejamiz bunday emas. Fikrimcha, kelinning o‘zi to‘y haqidagi qarorlarni qabul qilishda ko‘proq rol o‘ynaydi. Ammo biz Demet bilan hamma narsani birgalikda muhokama qilmoqdamiz. To‘y sanasi juda tez orada ma’lum bo‘ladi, ish jadvallarimizni kelishib olamiz. Biz hali faol tayyorgarlikni boshlamadik, ehtimol, barcha rejalar oxirgi lahzada amalga oshar», – deydi Koch.
Ma’lum bo‘lishicha, juftlik 2021 yil tanishgan, ammo 11 oylik munosabatlardan so‘ng ular orasida kelishmovchilik yuz bergan. Yulduzlarning do‘stlari ularning yarashishiga va kelishmovchiliklarni yengishga yordam berdi. Shundan so‘ng 2022 yil 14 fevral kuni O‘guzxan Demetga turmush qurish taklifini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi