Heritage Foundation'ning iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning sudlar samaradorligi indikatoridagi o‘rni qoniqarli emas. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev xalqaro reytinglar forumida sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralarni faollashtirish kerakligini aytdi.
III Xalqaro reytinglar forumi doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi sud-huquq tizimiga doir reytinglarda qayd etayotgan o‘rinlariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
«O‘tgan 2021 yil davomida e’lon qilingan jami 19 ta xalqaro reytingda O‘zbekistonning o‘rni aks etib, 11 ta pozitsiyada yaxshilangan. «Transparency International» tashkilotining 2021 yil uchun «Korrupsiyani qabul qilish indeksi»da mamlakatimiz o‘z o‘rnini 6 pog‘ona yaxshilab, 180 ta davlat ichida 140-o‘rinni egalladi va so‘nggi yillarda 17 pog‘ona yuqoriladi. Tashkilot hisobotida O‘zbekiston so‘nggi besh yilda eng barqaror o‘sish ko‘rsatkichiga erishgan 6 ta davlatdan biri sifatida qayd etilgan.
Birgina 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash maqsadida 8 mingdan ortiq nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va huquq ustuvorligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Xususan, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudlarga qariyb 4 mingta da’vo arizalari kiritildi.
O‘tgan yilda 2345 ta korrupsiyaviy jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2804 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan. Bosh prokuratura tashabbusi bilan BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida «O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat» AJda xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini joriy qilish ishlari to‘liq yakunlandi. Boshqa vazirlik va davlat idoralarida ham bu jarayon faol davom ettirilmoqda.
Ushbu harakatlar samarasi o‘laroq, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi huquq ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish indeksi hamda ko‘rsatkichlaridagi o‘rni yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Xususan, World Justice Project tashkilotining huquq ustuvorligi indeksidagi korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida mamlakatimiz 2021 yilda 70-o‘rinni band etib, 2016 yilga nisbatan 26 pog‘onaga yuqoriladi.
Yoki birgina huquq ustuvorligi indeksida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 85-o‘rinni qayd etib, 2020 yilga nisbatan 14 pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro reyting va indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash borasida oldimizda bir qator vazifalar turibdi. Jumladan, “Meros” (Heritage Foundation) jamg‘armasi tomonidan yuritiladigan iqtisodiy erkinlik indeksining sud faoliyati samaradorligi indikatorida yaxshiroq ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralarni faollashtirish talab etiladi», dedi Nig‘matulla Yo‘ldoshev.
Avvalroq, O‘zbekiston Heritage Foundation tadqiqot markazining «Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022» reytingida 177 ta mamlakat orasida 55,7 ball bilan 117-o‘rinni egallagani va iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgani ma’lum qilingandi.
Reytingdagi umumiy pasayishga sud samaradorligi va mulkchilik huquqi bo‘yicha vaziyatning orqaga ketgani jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi