6 329
O‘zbekistonning 7,6 mln kishilik aholisi viloyatlararo qulay transport aloqasiga ega bo‘ladi
Jahon banki ijrochi direktorlari 13 fevral kuni O‘zbekistonning Pop-Angren temiryo‘l tarmog‘i qurilishi uchun 195 mln dollar kredit mablag‘lari ajratish qarorini ma’qulladi.
JB matbuot xizmati xabar berganidek, bu loyiha Farg‘ona vodiysi bilan transport aloqasini vodiyning tor qismi hamda O‘zbekistonning qolgan viloyatlari o‘rtasidagi transport xizmatlari samaradorligini oshirish yo‘li bilan yaxshilaydi. Viloyatlararo temiryo‘l aloqasi 7,6 mln kishilik aholi uchun xizmat qiladi. Kichik va o‘rta korxonalarning bozorga kirishlari kengayishi hamda o‘z daromadlarini oshirishlari mumkin bo‘ladi. Temiryo‘l qurilishi, shuningdek, to‘qimachilik va xizmat ko‘rsatish sohalari kabi iqtisodiyotning muhim sohalarida bandlikning o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Loyiha Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining amalga oshirilishiga ko‘mak beradi. Bu dastur doirasida 6 transport koridorida mujassamlashgan Transport va savdoga ko‘mak berish strategiyasi amalga oshiriladi. Ushbu Pop-Angren temiryo‘l tarmog‘i 2-koridor bo‘ylab, Xitoy va Kavkazni bog‘lagan holda, sharqdan g‘arbga tomon qarab ketadi.
Farg‘ona vodiysi bilan O‘zbekistonning boshqa viloyatlarini bog‘lovchi temiryo‘l aloqasini qurish hisobiga transport xarajatlarini kamaytirish, o‘tkazish qobiliyati va ishonchliligini oshirish loyihani rivojlantirish maqsadi hisoblanadi. Bu temiryo‘l liniyasi tez va arzon, barcha mavsumlarda ishlaydigan, ishonchli va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatishni ta’minlaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK ushbu termiyo‘l tarmog‘idan birinchi yil foydalanishda 600 mingga yaqin yo‘lovchini va 4,6 mln tonnaga yaqin mahsulotlarni tashishni prognoz qilmoqda.
Loyihaning umumiy narxi 1 mlrd 633,75 mln dollarni tashkil qiladi. Loyiha asosan DATKning shaxsiy mablag‘lari hamda O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, Xitoyning Eksimbanki 350 mln dollar hamda Jahon banki 195 mln dollar mablag‘ ajratadi.
Loyiha doirasida Pop va Angren o‘rtasida uzunligi 124 kilometrni tashkil qiladigan bir izli temiryo‘l tarmog‘i quriladi. Tarmoqning 19,2 kilometrlik qismi Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi tunnelni ham o‘z ichiga oladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi