15:48 / 30.05.2022
1 744

O‘zbekistonda yozning dastlabki kunlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yozning dastlabki kunlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, 30 may kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

31 may va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1—2 iyun kunlari kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 31-34 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 35-37 darajagacha bo‘ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3 darajaga pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yozning dastlabki kunlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi