
«Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, qaror bilan 2023 yil 1 fevraldan:
- QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- order qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi;
- advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan, unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
«Yuridik yordam» axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
- davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi;
- advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
- advokatlik tuzilmalaridan statistik ma’lumotlarni an’anaviy shaklda yig‘ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar