21:50 / 02.07.2022
1 572

O‘zbekistonda havo harorati pasayib, kuchli shamol kuzatiladi

O‘zbekistonda havo harorati pasayib, kuchli shamol kuzatiladi
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 3–5 iyun kunlari havo harorati pasayishini ma’lum qildi.

2022 yilning 3 iyul O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4–5 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30–35 darajagacha pasayadi.

3–5 iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

3 iyul Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida; 3–4 iyul Buxoro, Navoiy viloyatlarida; 4–5 iyul Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa ayrim joylarda shamol kuchayishi 25–28 metr/sekundga yetishi mumkin.

1—3 iyulda Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati pasayib, kuchli shamol kuzatiladi