O‘zbekiston hududiga 17–22 iyul kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Shu sababli «O‘zgidromet» rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja fuqarolarga shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, issiq havo massalarining kirib kelishi natijasida kunduz kunlari havo harorati quyidagicha ko‘tariladi:
- Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha ko‘tariladi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ma’lumot uchun, agar Toshkentda harorat 45 darajaga chiqsa, bu 1870 yildan keyingi davrning mutlaq rekordi bo‘ladi. Bu kunlari ayniqsa energetika tarmog‘i jiddiy yuklama ostida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?