09:56 / 14.07.2022
1 118

O‘zbekistonda Inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi

O‘zbekistonda Inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev sug‘urta qilish klassifikatorlari miqdori oshirilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, «Sug‘urta faoliyati klassifikatori»ga qo‘shimcha sug‘urta klasslarini qo‘shish orqali kengaytirilgan. Bunda hayotni sug‘urta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qo‘shilgan. Bular:
  • tartib raqami bo‘yicha V-klass — «Majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash» (bunda sug‘urtalangan shaxs qarz muddati tugaguniga qadar omon qolish yoki boshqa majburiyatni to‘liq bajarishdan oldin vafot etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning naf oluvchilari va (yoki) sug‘urtalangan shaxsning majburiyatlari bo‘lgan boshqa shaxsga ushbu majburiyat doirasida sug‘urta mukofotlari qaytarilmagan holda, sug‘urta summasi to‘lab beriladi);
  • tartib raqami bo‘yicha VI-klass — «Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi» (bunda sug‘urtalangan shaxs pensiya yoshiga yetganida sug‘urta shartnomasida belgilangan oylik renta yoki bir martalik to‘lov shaklidagi sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxsga to‘lab beriladi);
  • tartib raqami bo‘yicha VII-klass — «Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash» (bunda sug‘urta qildiruvchi qo‘yilgan mablag‘larning qaytmaslik xavfida ishtirok etish sharti bilan, to‘langan sug‘urta mukofotlari va sug‘urta to‘lovining kafolatlangan summasi va sug‘urta shartnomasida belgilangan to‘lov muddati doirasida investitsiya ob’ektini aniqlash va joylashtirish masalasini hal qilishda ishtirok etish bilan hayotni sug‘urtalash turlari majmui tushuniladi).

Shuningdek, umumiy sug‘urta sohasidagi mavjud 17 ta sug‘urta klasslari qatoriga yana 1 ta sug‘urta klassi qo‘shildi. Tartib raqami bo‘yicha 18-klass – ya’ni «Tibbiy sug‘urta». Bunda sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq, tibbiy yordam olishini ta’minlaydigan sug‘urta turlarining majmui hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi