12:56 / 15.07.2022
1 810

Mutaxassislar: O‘zbekistonda ayrim sohalar uchun to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish mumkin

Mutaxassislar: O‘zbekistonda ayrim sohalar uchun to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish mumkin
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 4 kunlik ish haftasini qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni tahlil qildi.

Korrelyatsion tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bir soatlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan YAIM hamda haftalik ish soatlari (0,027) o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Ushbu ko‘rsatkich odamlar haftasiga 35 soat yoki undan kam ishlaydigan mamlakatlarda ham, haftasiga 40 soat yoki undan ko‘proq ishlaydigan mamlakatlarda ham o‘zaro bog‘liq emas.

Hisob-kitoblar O‘zbekiston iqtisodiyotida mehnat unumdorligi va ish soatlari o‘rtasida yuqori bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi.

PMTI ekspertlarining fikricha, ta’lim, sog‘liqni saqlash (ayrim tarmoqlari), ilmiy faoliyat sohalari, axborot texnologiyalari va bank sohasida 4 kunlik ish haftasiga o‘tish imkoniyatlari mavjud.

Moslashuvchan ish jadvaliga o‘tish va ish haftasini qisqartirish bir qator imtiyozlarni shakllantirishda yordam beradi. Bu umumiy ish samaradorligiga ta’sir qiladi va ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilaydi:
  • birinchidan, xodimlar sog‘lig‘i yaxshilanadi: qo‘shimcha dam olish kuni xodimlarga yaxshi dam olish va ish uchun kuch to‘plash imkonini beradi;
  • ikkinchidan, aholi, xususan, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi iqtisodiy faolligini oshirish orqali ishsizlikka qarshi samarali kurash ta’minlanadi;
  • uchinchidan, xodimlar ishtiyoqi kuchayadi, muhim vazifalarni tez va sifatli bajarishda fikrini jamlay oladi, ish vaqtini yo‘qotish qisqaradi;
  • to‘rtinchidan, ish vaqtini qisqartirish ekologiya va transportga tushadigan zo‘riqishni, shuningdek, yonilg‘i va energiya sarfini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • beshinchidan, ko‘ngilochar va madaniyat sohasini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi;
  • oltinchidan, aholi turmush darajasi yaxshilanadi. Vaqtni oila davrasida o‘tkazish, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sport bilan shug‘ullanish, o‘z o‘zini tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

«Umuman olganda, xorijiy amaliyotni o‘rgangan holda, shuningdek, hisob-kitob natijalariga ko‘ra, PMTI mutaxassislari O‘zbekiston sharoitida ayrim sohalarda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish imkoniyatlari mavjud, deb hisoblaydi», deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mutaxassislar: O‘zbekistonda ayrim sohalar uchun to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish mumkin