11:34 / 26.07.2022
1 377

O‘zbekistonda 26 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda 26 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 26 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

26 iyul kuni O‘zbekistonda havo hali ham issiq bo‘ladi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17–22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang–to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 38–43 daraja, janubda ba’zi joylarda 45 darajagacha, shimolda 32–37 daraja bo‘ladi.

Toshkentda havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 41–43 daraja atrofida saqlanib turadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 26 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti