“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublika shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlar katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 20-23 daraja issiq, kunduz kunlari 33-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.
Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi