date

21 aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

21 aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Darakchi.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 21 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 21-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. 2500 metrdan baland hududlarda ko‘chki bo‘lish xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 21 aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?