date
views 5 021

Oʻzbekistonda 9 sentyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekistonda 9 sentyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
«Oʻzgidromet» 9 sentyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ertalab ba'zi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda 9 sentyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?