18:08 / 14.10.2022
1 295

Prezident «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Prezident «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
Yangi tahrirdagi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Elektron raqamli imzo va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bir xil ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi ERIdan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.

ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak. ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar ERI mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlari barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kaliti sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.

ERI kaliti sertifikati amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERI amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston xorijdagi fuqarolari, chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ERIni konsullik muassasalari, diplomatik vakolatxonalar konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.

Yangi taxrirdagi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi