Bugun ob-havo keskin soviydi

Bugun, 19 oktyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻli hududlarda esa qor tushadi.
Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha, janubda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +11+16 boʻladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +11+13 boʻladi.
Togʻli hududlarda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +3+8 iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing