Bir necha kundan buyon O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘ib o‘tmoqda. Respublika hududlariga kirib kelgan g‘arbiy havo oqimlarining ikkinchi bosqichi baland tog‘larga qor yog‘ishiga olib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 18 oktabrdan 19 oktabrga o‘tar tunda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani, Jizzax viloyati Zomin hamda Baxmal tumanlarida qor yog‘gani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi tog‘larga va tog‘ etaklariga qor tushmoqda. Jumladan, Baxmal tumanining Yo‘ldoshboy, Temirqadam, O‘smat, Mo‘g‘ol va Novqa qishloqlarida laylakqor yog‘ib o‘tayotgani ma’lum qilingan.
Gidrometeorologlar tomonidan bugun, 19 oktabr kuni tog‘larda qor yog‘ish masshtabi kengayishi, Toshkent va Namangan viloyatlari o‘rtasida joylashgan baland tog‘larda ham qor yog‘ishi mumkinligi aytilmoqda.
Tinimsiz yog‘ingarchiliklar ortidan Energetika vazirligi noqulay ob-havo va shu kecha-kunduz atmosfera yog‘inlari oylik normaning 70-90 foizini yog‘ib o‘tishini inobatga olib, elektr liniyalariga qo‘shimcha kuch tushishini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, vaziyatdan kelib chiqib, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, hatto poytaxtning ayrim tumanlarida ham elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi