O‘zbekistonda yaratilayotgan zamonaviy maktab darsliklari metodikasi “4K” modeliga asoslanadi. Bu haqida prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.
Bular:
1.(K) Kollaboratsiya – jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatini shakllantirish;
2.(K) Kommunikativlik – odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish;
3.(K) Kreativ fikrlash – o‘z maqsadiga erishish yo‘lida yangiliklarga qo‘l urish, noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik ko‘nikmalarini o‘rgatish;
4.(K) Kritik fikrlash – o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish.
“Biz orzu va hozirda reja qilgan Yangi O‘zbekiston maktabining o‘quvchilari portreti ana shunday bo‘ladi. Hozirda 1-4 sinf uchun kompleks mahsulotlar tayyor va katta aprobatsiya — sinov tadbirlari boshlandi. Oddiy aytganda, bugun bizda aniq mahsulot tasavvuri bor”,- deydi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Prezident Administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlagandi.
Bunda ota-onalar, maktab ta’limi sifatiga befarq bo‘lmagan mamlakat aholisi shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqidagi takliflarni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘ralgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi