
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat foni kechagi kunga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqori, 15-17 daraja iliq, janubda 20 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Qozog‘iston ustida bo‘lgan sovuq antitsiklon ta’sir etadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar