Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekiston milliy banklararo to‘lov xizmati bo‘lmish Uzcard tizimida bugun, 12 may kuni soat 10:55dan boshlab aloqa uzilishi kuzatilmoqda. Bu haqda Yagona umumrespublika prosessing markazining rasmiy saytida xabar qilingan, deyiladi "Kun" nashrida.

Xabar qilinishicha, ATSdagi tarmoq uskunalarining nosozliklari tufayli onlayn terminallarining prosessing markazi bilan aloqasi vaqtinchalik uzilgan.

Markaz vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezda qayta yo‘lga qo‘yish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar