15:06 / 09.12.2022
3 054

«O‘zgidromet» kuchli sovuq sababi va uning davomi bo‘yicha ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» kuchli sovuq sababi va uning davomi bo‘yicha ma’lumot berdi
Dekabr oyining boshidan O‘zbekiston bo‘yicha juda sovuq ob-havo kuzatilmoqda, bunday havo hafta davomida saqlanib turadi.

Harorat anomaliyasi Shimoliy Yevroosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antitsiklon bilan bog‘liqdir.

Birinchi o‘n kunlik o‘rtasiga kelib, respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha havo harorati kechalari 5-7 daraja sovuqgacha, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqgacha pasaydi.

Dekabr oyida juda sovuq ob-havo davrlari bizning hududimizda avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha haroratning pasayishi bilan sovuqning qisqa muddatli to‘lqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1 marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. So‘nggi 25 yil ichida dekabr oyida haroratning 10-15 daraja sovuqgacha pasayishi, ba’zi joylarda esa, undan ham past bo‘lishi O‘zbekistonning Markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014 yillarda qayd etilgan.

Eng qattiq sovuqlar, odatdagidek, respublikaning shimoliy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida harorat kechalari 15-20 daraja sovuqgacha, ayrim shimoliy hududlarda esa 22-24 daraja sovuqgacha pasaydi. Bunday harorat dekabr uchun yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Respublika shimolida eng sovuq yillarning dekabr oyida minimal harorat 27-30 daraja sovuqgacha pasaygan. Ayrim kechalarda harorat ba’zi joylarda ushbu sana uchun eng past qiymatlargacha pasaydi, ammo bu harorat rekordi emas.

Sovuq ob-havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi.

9-12 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati shu davrning iqlim me’yorlaridan 7-12 darajaga past bo‘ladi. Shunday qilib, me’yor 4 daraja iliq bo‘lganda Toshkentda o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat 6-8 daraja sovuqni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» kuchli sovuq sababi va uning davomi bo‘yicha ma’lumot berdi