14:00 / 20.12.2022
928

Prezident: «Qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi»

Prezident: «Qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi»
Prezident parlamentga murojaatida vazirlar faoliyatini tanqid qildi.

«Biz korrupsiya haqida ko‘p gapiramiz, lekin tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak?

Endi so‘rov boshqacha bo‘ladi. Vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib, o‘zi javob beradi.

Davlat vakillari o‘zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.

Endi, vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.

Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.

Ta’kidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi
», — Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: «Qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi»