Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratish haqida gapirdi.
- «Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda». Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman, — dedi prezident.
O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoad́a ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
«Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelishi kerak!
Bu borada, prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “Ey-Level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgani, o‘z samarasini bermoqda.
2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz.
Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak.
“Mening farzandim chet tillarini biladi-yu, ona tilini bilmaydi”, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas. Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — dedi davlat rahbari.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab qurilishi, 460 tasi kengaytirilishi, xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanishi, kelasi besh yilda ularning soni mingtaga yetkazilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi