09:54 / 23.12.2022
800

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash markazlari tashkil etiladi

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash markazlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida hududlardagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash markazi” sifatida o‘zgartirish ko‘zda tutilyapti.

Markazda fuqarolik holati dalolatnoma yozish organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan nikohlanuvchi shaxslar, oila qurganiga 5 yilgacha bo‘lgan yosh oilalar, nizoli oilalar hamda qaynona va qaynotalar oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘qitiladi.

Markaz huzurida oilaviy qadriyatlarni, namunali va zamonaviy oila modelini targ‘ib etuvchi “Namunali va zamonaviy oila loyihasi”, nikohlanuvchi shaxslarga hamda oila vakillari uchun “Psixologik va yuridik xizmat”, yosh onalarga sog‘lom farzand parvarishini o‘rgatuvchi “Yosh onalar maktabi”, nizoli oilalar bilan individual ishlashda “Mediatsiya xizmati”, oilalarni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida “Oila kutubxonasi” va milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi “Milliy liboslar uyi” tashkil etiladi.

Mehnat jamoalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarga ish haqi saqlangan holda, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga darslardan ozod qilingan holda, nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlash o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

Markazlardagi oilaviy hayotga tayyorlash mashg‘ulotlarida tahsil olib, sertifikatga ega bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar uchun nikohni qayd etishda undiriladigan davlat boji to‘lovlarida 30 foiz chegirma qo‘llanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash markazlari tashkil etiladi