22:13 / 24.12.2022
3 212

Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati

Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati
«Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatiladi:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati