1 289
Adliya vaziri Prezident administratsiyasida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini aytdi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
28 dekabr kuni AOKAda ma’muriy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha prezident farmoni va qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha qator vazirlik, idora xodimlari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda adliya vaziri Akbar Toshqulov ham qatnashib, OAV vakillarining savollariga javob berdi.
Xususan, vazir «Barcha vazirlik, idoralar qisqartirilayotgan bir vaqtda, Prezident administratsiyasi ham qisqartiriladimi?» degan savolga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi bilan bu masalada ham o‘zgarish bo‘ladi.
«Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilyapti. Konstitutsiyada ham, butun davlatchilik tizimida ham ma’lum bir islohotlar bor. 3 ta hokimiyatni oladigan bo‘lsak: mana, ijro hokimiyatida aniq islohotlar bo‘lyapti, bu parlamentga ham, administratsiyaga ham ta’sirini o‘tkazadi. O‘z navbatida, sud hokimiyatida ham mana shunday islohot ketyapti. Biz faqat ijro hokimiyatidagi islohotlarni ko‘rib, boshqa hokimiyat tizimida bunday bo‘lmaydi, deyishimiz xato. Hozir muhokama qilayotgan farmonimiz ham aynan ijro hokimiyatiga tegishli alohida masala, shuning uchun bu ham alohida ko‘riladi.
Vazirlar Mahkamasi o‘zgardi, hukumat o‘zgardi, undan keyin «tepasi» ham o‘zgarishi kerak-ku. Yo‘nalishlar bo‘yicha administratsiyada ham bo‘limlar bor edi, o‘sha mexanizm o‘zgarganidan keyin, «tepa» ham o‘zgarishi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi», dedi adliya vaziri.
Shuningdek, Toshqulov Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari qo‘shib yuborilishi mumkinligini aytdi: «Islohotlar bir martada bo‘ladigan ish emas, doimiy davom etadi. Masalan, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirligini aytyapsiz, ma’lum bir bosqichdan keyin [bu ikki vazirlik] qo‘shilishi mumkin. Yoki yana boshqa vazirliklar qo‘shilib, ixchamlashishi mumkin».
Eslatib o‘tamiz, prezident 20 dekabrda parlamentga qilgan murojaatnomasida vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, bu bo‘yicha farmon ham imzolandi. Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining tarkibi 21 ta vazirlikdan iborat bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi