date

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 25 tiyinga oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 25 tiyinga oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 24 maydan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2919 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 17 maydagi kursga nisbatan 5 so‘m 25 tiyinga ko‘p.

24 maydan e’tiboran 1 evro qiymati 3334 so‘m 40 tiyin (17 maydagi kursga nisbatan 10 so‘m 55 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 1 tiyin (17 maydagi kursga nisbatan 53 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 98 tiyin (17 maydagi kursga nisbatan 90 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 25 tiyinga oshdi