1 318
23–27 yanvar kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilyapti
Bosh vazir raisligidagi yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Tshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda jamoat transporti, kommunal soha va chiqindi tashish maxsus texnikalari, qolipli non ishlab chiqaruvchi korxonlarning maxsus transport vositalari uchun hozirdan alohida gaz quyish shoxobchalarini biriktirib berishi kerakligi ta’kidlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmini 56,3 mlrd kub metrga yetkazib (2022 yilda 51,7 mlrd kub metr), o‘tgan yilga nisbatan 4,6 mlrd kub metrga oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya joriy etish va energiya samaradorligini oshirish hisobiga 1,6 mlrd kub metr gaz iqtisod qilishimiz mumkin.
«O‘zbekneftgaz» AJ joriy yilda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini 32,8 mlrd kub metrga yetkazish uchun qiymati 5,7 trln so‘mga teng 744 ta geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.
Energetika vazirligi joriy yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi, ko‘mir va mazut importi bilan bog‘liq masalalarni qayta ko‘rib chiqishi, boshqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishi, kelishuvlarga erishish bo‘yicha oldindan barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan, 23–27 yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi va buning natijasida havo harorati joylarda kechasi -5...-18 daraja sovishi bashorat qilinmoqda.
Shuning uchun, o‘tgan 15 kun davomida amalga oshirilgan tadbirlarni yanada kuchaytirgan holda shtablar faoliyatini davom ettirish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi